Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Hududiy dasturlar ijrosi nazoratga olinmoqda

Hududiy dasturlar ijrosi nazoratga olinmoqda
Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashi deputati Bahtiyor Narmatovich Amanov tomonidan tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A.Meliboyevga deputat soʻrovi yuborildi.
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni talablaridan kelib chiqib, tuman hokimligi va mutasaddi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilishi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tasdigʻiga kiritilishi belgilangan 38 ta yoʻnalishdagi hududiy dasturlarning tayyorlanish holati, ularni taqdim etish boʻyicha tasdiqlangan yoʻl-xaritalari va chora-tadbirlar rejalari ijrosi yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish talab etilgan.
Masalaga oid tegishli dasturlar roʻyxati soʻrovnomaga ilova qilingan boʻlib, mazkur yoʻnalishdagi ishlar qatʼiy deputatlik nazoratiga olingan.

Slide 1 of 4