Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputat tomonidan mahallada obodonlashtirish ishlari o'rganildi.

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 3-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat M.Gaipov, Yangiobod mahallasi raisi hamda hokim yordamchisi ishtirokida hududdagi obodonlashtirish ishlarining bugungi holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ichki yo‘llarni tartibga keltirish, tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish va sanitariya-tozalash ishlarining borishi tahlil qilindi. Aholi yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan ushbu tadbirlar doirasida mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va hududni yanada ko‘rkamlashtirish ishlari deputat hamda mahalla faollari nazoratida davom etmoqda.

Slide 1 of 3