Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputatlar murojaati asosida transformatorlar himoya to‘siqlari bilan o‘raldi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi raisi, deputat A.Aralov hamda 7-Lalmikor saylov okrugidan saylangan deputat I.Allayarov tomonidan hududlarda elektr xavfsizligini ta’minlash yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar davomida Navro‘z va Lalmikor mahallalaridagi ayrim transformator punktlarida himoya to‘siqlari mavjud emasligi aniqlangan edi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik murojaatlari yuborilib, amaliy choralar ko‘rilishi natijasida transformatorlar atrofi himoya to‘siqlari bilan o‘raldi.

Amalga oshirilgan ishlar hudud aholisi xavfsizligini ta’minlash hamda elektr qurilmalaridan foydalanishda xavfli holatlarning oldini olishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 2