Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 3-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat M.Gaipov tomonidan Yangiobod mahallasi raisi hamda hokim yordamchisining 2026-yil 1-chorak yakuni bo‘yicha faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlash hamda fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Mahalla raisi tomonidan hududdagi ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, obodonlashtirish ishlari va fuqarolar yig‘inidagi hamkorlik ishlari yuzasidan ma’lumot berildi.
Shuningdek, hokim yordamchisi Sh.Quvondiqov tomonidan joriy yilning 1-choragi davomida 24 nafar fuqaroning bandligini ta’minlash maqsadida qariyb 400 million so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilgani qayd etildi.

Slide 1 of 2