Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputat tomonidan mahallada jinoyatchilikning oldini olish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 3-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat M.Gaipov tomonidan Yangiobod mahallasi profilaktika inspektorining 2026-yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar, fuqarolar bilan olib borilayotgan tushuntirish ishlari hamda xavfsizlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Qayd etilishicha, 1-chorak davomida mahalla hududida 2 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, shundan 1 tasi firibgarlik, 1 tasi o‘g‘rilik bilan bog‘liq holat ekani ma’lum qilindi.

Slide 1 of 3