Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputat nazorati ostida gaz ta’minoti tizimidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Sanjar Xudoyberdiyev tomonidan “Istiqlol” mahallasi hududida amalga oshirilayotgan gaz ta’minoti tarmog‘idagi ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
Xususan, diametri 325/273 mm bo‘lgan o‘rta bosimli yer osti gaz quvurida bir dona zamonaviy filtr qurilmasini o‘rnatish ishlari monitoring qilindi.
Mazkur qurilma orqali tabiiy gaz tarkibidagi mexanik aralashmalarni tozalash, tizimning texnik barqarorligini ta’minlash hamda iste’molchilarga gazni yanada sifatli va uzluksiz yetkazib berish ko‘zda tutilgan.
Deputat tomonidan jarayon bevosita joyida nazorat qilinib, bajarilayotgan ishlarning sifati va belgilangan texnik talablar asosida amalga oshirilishi muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, mas’ul tashkilotlarga ishlarni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2