Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xalq deputatlari Angor tuman Kengashining 18-Yangi turmush saylov okrugi deputati Yuldosheva Sevara tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Angor tuman Kengashining 18-Yangi turmush saylov okrugi deputati Yuldosheva Sevara tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Yangi turmush mahallasi Mustaqillik ko‘chasida yer osti ichimlik suvi tarmog‘ining shikastlanishi oqibatida suv quvuri yorilib, yo‘l qismida katta o‘yiq hosil bo‘lgani hamda suv toshib ketayotgani yuzasidan murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaat deputat tomonidan o‘rganilib, mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi. Olib borilgan amaliy ishlar natijasida muammo bartaraf etilib, hududdagi ichimlik suvi tarmog‘ida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Fuqarolar murojaatlariga yechim topish va hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar davom etmoqda.

Slide 1 of 1