Янгиликлар

DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI

Mahalladagi 3-son va 50-son umumiy o‘rta ta’lim maktablari oldidan avtotransport vositalarining serqatnov harakati o‘quvchilar hamda aholi uchun noqulayliklar keltirib chiqarayotgani aniqlandi.

Mazkur muammoni bartaraf etish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va o‘quvchilar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida deputat tomonidan tegishli tashkilotlarga so‘rov yuborildi.

Natijada, deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi.

Ushbu ishlar aholi murojaatlariga e’tibor qaratish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda fuqarolar, ayniqsa, yosh avlod xavfsizligini ta’minlashda deputatlik nazoratining muhim ahamiyatini ko‘rsatadi.

Slide 1 of 3