Янгиликлар

#Deputatlik_so‘rovi

#Deputatlik_so‘rovi

“Bog‘ishamol” va “Saxovat” mahallalarida elektr ta’minoti muammolari o‘rganilmoqda

📝Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati tomonidan “Bog‘ishamol” va “Saxovat” mahallalarida elektr kuchlanishining pasayishi hamda elektr ta’minotidagi uzilishlar yuzasidan fuqarolar murojaatlari asosida “Toshkent elektr tarmoqlari” Zangiota tumani elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i N.S.Nugmonovga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📝So‘rovda elektr tarmoqlari va transformatorlarning texnik holatini o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda kuz-qish mavsumida aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.

📝Mas’ul tashkilotdan deputatlik so‘roviga qonunchilikda belgilangan 10 kunlik muddatda yozma javob taqdim etilishi so‘raldi.                                               

Slide 1 of 3