Янгиликлар

#Deputat_mahallada

 IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI DEPUTATLIK O‘RGANUVIDAN O‘TKAZILDI

✅Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 20-saylov okrugi deputati F.Zokirov tomonidan “Harakat” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

✅O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga xizmatlar ko‘rsatish sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlari ko‘rib chiqildi.

✅Mazkur o‘rganish aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirishga qaratildi.   

Slide 1 of 5