Янгиликлар

KITOBXONLIK MADANIYATI VA AXBOROT-KUTUBXONA XIZMATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA

 Kitob — tafakkur manbai, kutubxona esa ma’rifat maskanidir. Aholi, ayniqsa, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish va zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlarini rivojlantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov Yangiobod tuman Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida markazning bugungi kundagi faoliyati, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud adabiyotlar fondi, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari hamda aholiga ko‘rsatilayotgan axborot-kutubxona xizmatlari holatiga e’tibor qaratildi.

Kutubxona xizmatlari sifatini oshirish, adabiyotlar fondini zamon talablari asosida boyitish, elektron axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda yoshlarni mutolaa jarayoniga keng jalb etish muhim ahamiyatga ega.

Deputat tomonidan yoshlar va aholi o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlarni ko‘paytirish;
— Kitob fondini zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan adabiyotlar bilan boyitishga e’tibor qaratish;
— Elektron resurslar va axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
— Kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash hamda yangi kitobxonlarni jalb etish bo'yicha tavsiyalar berdi.

Maqsad — tuman Axborot-kutubxona markazi faoliyatini rivojlantirish, aholining bilim va ma’naviy salohiyatini oshirish hamda yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish.

Slide 1 of 2