Янгиликлар

Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi deputati Asqarova Nigora Asqarovna tomonidan Madaniyat mahallasida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda fuqarolar qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida aholi tomonidan ijtimoiy xizmatlardan foydalanish, kommunal xizmatlar sifati hamda oilaviy munosabatlar bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi. Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimini topish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.
Aniqlangan masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mas’ul idoralar bilan birgalikda muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilashga kelishib olindi.
Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlarini manzilli o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ko‘tarilgan masalalar yechimi ustidan deputatlik nazoratini olib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 1