Янгиликлар

#Deputat_mahallada


Deputatning asosiy vazifasi — xalq dardini eshitish, muammoni joyida o‘rganish va uning yechimini izlash.

🔹Toshkent viloyati Kengashi deputati Sheyk Natalya hamda xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati Kamola Mamurova tomonidan "Namuna" mahallasida aholi bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.

🔹 O‘rganish davomida mahalla aholisi tomonidan kundalik hayotda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Xususan, ayrim ko‘chalarni tungi vaqtda yoritishni yaxshilash uchun beton ustunlar o‘rnatish, shuningdek, kanalizatsiya tizimi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va murojaatlar tinglandi.

🔹 Aholining murojaatlari e’tiborsiz qoldirilmasligi, muammolarni bosqichma-bosqich hal etish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Slide 1 of 3