Янгиликлар

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

QURILISH ISHLARI LOYIHALARI BILAN TANISHILDI

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev tomonidan Saxovat mahallasidagi 6-Ravonlik saylov okrugi hududida joylashgan Oqoltin tuman 3-sonli texnikumida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari loyihalari bilan tanishildi.

Tanishuv davomida ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun zamonaviy ta’lim olish sharoitlarini yaratish, mavjud infratuzilmani yaxshilash hamda binolarni zamonaviy talablarga moslashtirishga qaratilgan loyiha yechimlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, loyihalarni sifatli amalga oshirish, qurilish ishlarida belgilangan talab va me’yorlarga rioya etish hamda o‘quvchilar uchun qulay ta’lim muhitini yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3