Янгиликлар

#Deputat_mahallada

#Deputat_mahallada

♻️Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 13-okrug deputati A.Kudayberganova tomonidan Nazarbek hududida aholi bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.

♻️ O‘rganish davomida ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro M. Hamidovning murojaati ko‘rib chiqildi. Fuqaro xonadonida poyabzal ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yib, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lish istagini bildirdi.

♻️ Murojaat asosida fuqaroning bandligini ta’minlash va daromad manbasini shakllantirish maqsadida ssuda asosida tikuv mashinasi ajratib berildi.

♻️Ushbu amaliy yordam fuqaroning o‘zini o‘zi band qilishi, daromadini oshirishi va oilaviy farovonligini yaxshilashiga xizmat qiladi.

♻️Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish va ularning muammolarini amaliy hal etish ishlari davom ettirilmoqda.                             

Slide 1 of 2