#Deputat_mahallada
✅Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi 20-okrug deputati F.Zokirov tomonidan Abdudjalilbob mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔹 O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatli tashkil etilishi;
🔹 kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlari;
🔹 aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
✅O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni hal etish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda bandligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.