Янгиликлар

Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva tomonidan Fazogir mahallasida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. O‘rganish davomida deputat Ijtimoiy reestrda turgan fuqarolarning xonadonlariga uyma-uy kirib, ular bilan suhbatlashdi. Muloqotlar jarayonida fuqarolarning bandligi, daromad manbalari, mavjud muammolari hamda ularni hal etish bo‘yicha ehtiyojlari o‘rganildi. Shuningdek, aholini munosib ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va oilalarning daromadlarini oshirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar muhokama qilindi. 

Slide 1 of 3