Bugun, 4-sentabr kuni, Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi tomonidan belgilangan ish rejasiga muvofiq hududlarda deputatlik nazorati va o‘rganish ishlari olib borildi.
📍 Jumladan, 19-Mingchinor saylov okrugi hududidagi Tupor va Namuna mahallalarida “mahalla yettiligi” faoliyati hamda hudud infratuzilmasining holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔎 O‘rganishlar davomida mahallalardagi mavjud holat, aholi bilan ishlash samaradorligi, aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
📌 Shuningdek, kun davomida ish rejasidan tashqari deputatlar tomonidan “Deputat daftari”, “24 ta masala”, “162 qonun”, “19¹-modda” va biriktirilgan tashkilot yo‘nalishlari bo‘yicha ham qator o‘rganishlar amalga oshirildi.
Xususan, ta’lim muassasalari, mahallalar, manzilli dasturlar ijrosi, aholi murojaatlari, xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan materiallar o‘rganildi.
📰 Kun davomida amalga oshirilgan ishlarning asosiy qismi Kengashning rasmiy axborot kanallarida yoritib borildi. Bu esa Kengash faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, deputatlik nazorati natijalarini jamoatchilikka yetkazishga xizmat qilmoqda.
🤝 Belgilangan ish rejasining izchil ijrosi hududlardagi muammolarni aniqlash, ularning yechimiga ko‘maklashish va aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)