#deputatlik_nazorati_Uchtepa #deputat_so'rovi
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi "13-Uchtepa" okrugi deputati Karimov Jamshid Fatxullayevich tomonidan Uchtepa tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatovga navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi.
📝 Uchtepa tumani “Yu.Sakkokiy” mahalla fuqarolar yig‘inidan murojaat kelib tushganligi, ushbu murojaatga ko'ra, Yu.Sakkokiy mahallasi hududidagi 3-tor Yu.Sakkokiy ko‘chasi, 14-maktab oldida beton va asfalt chiqindilari to‘planib qolganligi hamda mazkur ko‘chada kanalizatsiya nasosi o‘tkazuvchi quduqlar cho‘kib, yo‘lning ta’mirtalab holatga kelganligi qayd etilgan.
📈 Mazkur murojaatga asosan, yuqoridagi masala yuzasidan so'ralmoqda:
✍️ murojaatda ko‘tarilgan masalani o‘rganib chiqib, 3-tor Yu.Sakkokiy ko‘chasi, 14-maktab oldida to‘planib qolgan beton va asfalt chiqindilarini olib chiqib ketish ishlarini tashkil qilish;
✍️ kanalizatsiya nasosi o‘tkazuvchi quduqlarni ta’mirlash hamda ko‘cha hududini obodonlashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish;
✍️ o‘rganish natijalari va ko‘rilgan choralar yuzasidan belgilangan muddat ichida yozma ravishda asosli axborot taqdim etish so‘ralmoqda.
🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.