35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Qorayeva tomonidan Shodlik mahallasi Nayman qishlog‘ida joylashgan 16-sonli umumta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabda 96 nafar o‘quvchi tahsil olayotgani, biroq ta’lim muassasasida o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini to‘laqonli tashkil etish uchun sport zali va zarur sport jihozlari mavjud emasligi aniqlandi.

Mazkur holat o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi bilan bir qatorda, ularning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun ham zarur sharoitlarni yaratish muhimligini ko‘rsatmoqda. Aniqlangan muammo yuzasidan tegishli mas’ullarga takliflar berilib, masala deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3