O‘rganish davomida «Sohil bo‘yi 1-tor ko‘chasi» aholisi bilan uchrashuv o‘tkazilib, fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi.
Uchrashuvda ko‘chaning asfaltlashtirilishi masalasi ko‘tarilib, mavjud muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.
Aniqlangan muammolarni ijobiy hal etish maqsadida mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborildi.
Mazkur masalaning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.