35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

#Deputatlik_faoliyati #19_1_Modda_ijrosi #Hamkorlik_faoliyati

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo'mitasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan "Mahalla — Yangi O'zbekiston islohotlarining ostonasi" mavzusida konferensiya bo'lib o'tdi.
Tadbirda Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi deputati M.Valiyeva ishtirok etdi.
Konferensiya davomida mahalla institutining mustaqillik yillarida bosib o'tgan taraqqiyot yo'li, uning jamiyat hayotida tutgan o'rni, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi ahamiyati, shuningdek "Mahalla — Yangi O'zbekiston" konsepsiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalla institutini yanada mustahkamlash, aholi o'zini o'zi boshqarish organlarining vakolatlarini kengaytirish va fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasidagi istiqbolli vazifalar bo'yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Slide 1 of 1