35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

#Deputat_mahallada

✨Xalq deputatlari tuman Kengashining 17-okrug deputati Yo.Mirzaxmedova tomonidan “Tokzor” mahallasidagi mahalla bog‘ining obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish holati o‘rganildi.

✨O‘rganish davomida hududni saqlash va obodonlashtirish borasidagi ayrim kamchiliklar, shuningdek, maishiy chiqindilarning o‘z vaqtida olib chiqilishi bilan bog‘liq muammolarga e’tibor qaratildi.

✨Mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududda sanitariya va tozalik holatini yaxshilash, ko‘kalamzorlashtirilgan maydonlarni muntazam parvarishlash hamda chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqishni ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

📌 Mahalla bog‘i — aholi uchun dam olish maskani. Uning tozaligi va obodligi mas’ullarning doimiy nazoratida bo‘lishi kerak.                               

Slide 1 of 3