35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Deputatlik so‘rovi o‘z natijasini berdi

Deputatlik so‘rovi o‘z natijasini berdi

Murojaat — e’tiborda, muammo — nazoratda, natija — amalda!

♻️ Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati A.Kudayberganova tomonidan Zangiota tumani hokimining tegishli o‘rinbosari — Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i nomiga yuborilgan deputatlik so‘rovi natijasida muammo ijobiy hal etildi.

📍 Mazkur so‘rov Farobiy, M.M.Xorazmiy, Axilobod va Nazarbek mahallalari aholisidan kelib tushgan murojaatlar asosida yuborilgan edi.

✅ Murojaatlarda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish bilan bog‘liq muammolar ko‘tarilgan.

✅ Deputatlik so‘rovi asosida ko‘rilgan choralar natijasida “Nurli yo‘l” MCHJ tomonidan hududlarda to‘planib qolgan maishiy chiqindilar olib ketildi.

✅Aholi murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni mas’ullar oldiga qo‘yish va ularning amaliy yechimini ta’minlash — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. 

Slide 1 of 6