35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

#24_ta_masala #Kengash_raisi

Mamlakatimizda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, fuqarolarning davlat boshqaruvidagi faolligini oshirish hamda hududlarda mavjud muammolarni aholi tashabbusi asosida hal etish maqsadida joriy etilgan “Tashabbusli byudjet” tizimi o‘zining samarali natijalarini bermoqda. Mazkur tizim orqali fuqarolar o‘z hududlarini obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni ilgari surib, ularning amalga oshirilishida bevosita ishtirok etmoqda.

Ana shunday loyihalardan biri tumanning “Mingchinor” mahallasida amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Kengash raisi A.Turdiyev tomonidan deputatlik nazorati doirasida muntazam o‘rganilib, qurilish ishlarining belgilangan loyiha va sifat talablariga muvofiq amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borilmoqda.

Slide 1 of 5