35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

“OBOD MAHALLA” DASTURI: ASOG‘UNIY MAHALLASIDA YANGI ISHLAR BOSHLANDI

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#Mustaqillik35 #Uzb35

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #ekspert_guruhlari


“OBOD MAHALLA” DASTURI: ASOG‘UNIY MAHALLASIDA YANGI ISHLAR BOSHLANDI

🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida mahallalarda obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash va aholi uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

📁 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 25-maydagi “Uchtepa tumani mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida”gi III-29-42-14-202-K/26-son qarori asosida “Obod mahalla” dasturi doirasida avval boshlangan va yakuniga yetkazilmay qolgan loyihalarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda ishlarning borishi joyiga chiqib o‘rganildi.

🕯 Shu asosda A.Sog‘uniy mahallasining 30-mavzesida asfalt qoplamasi yotqizish ishlari boshlandi. Mazkur ishlar 5-, 6-, 8-, 9-, 11- va 12-sonli ko‘p qavatli uylar oldidagi hududni qamrab oladi.

↗️ O‘rganish davomida ajratilgan mablag‘larning belgilangan maqsadga yo‘naltirilishi, ishlarning dastur asosida manzilli tashkil etilishi hamda bajarilayotgan ishlarning sifati va borishi nazorat qilindi.

💼 Nazorat tadbirida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov hamda Kengash mustaqil eksperti Alisher Giyasov ishtirok etdi.

📈 Asfalt qoplamasining yotqizilishi mazkur hududda yashovchi fuqarolar uchun kundalik hayotda sezilarli qulaylik yaratadi. Eng muhimi, byudjet mablag‘larining amaliy natijaga aylanib, bevosita mahallaga yetib kelayotgani aholi kayfiyatida ham o‘z aksini topmoqda.

✅ Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida mahallalarda amalga oshirilayotgan bunday bunyodkorlik ishlari bayramga o‘ziga xos munosib tuhfa bo‘lmoqda. Zero, obod va qulay mahalla — xalq farovonligi va yurtdoshlarimizning ertangi kunga ishonchining muhim mezonidir.

“Obod mahalla” — obod hudud, qulay sharoit va aholi roziligi sari amaliy qadamdir.

Slide 1 of 6