35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

O‘rganish

♻️Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Muxiddinov tomonidan Zangota tumani Yoshlar ishlari bo‘limining yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligi hamda ular uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha o‘rganildi.

♻️Jarayon davomida mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘rgatish, shuningdek, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, “Yoshlar daftari” va “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida olib borilayotgan ishlar xolis baholanib, yoshlarning bilim va salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan yangi vazifalar belgilandi.

♻️ Istiqbolli loyihalarni izchil davom ettirish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ular uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.        

Slide 1 of 2