35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

#Deputat_faoliyati


✅“Bog‘zor” mahallasining ichki ko‘chalarida aholi ishtirokida “Yo‘l madaniyati — xavfsiz hayot kafolati” shiori ostida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

✅Tadbirda Zangiota tuman Kengashi 9-okrug deputati A.Shapovalov hamda Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Q.Berdiboyev ishtirok etdi.

✅Ko‘chalar bo‘ylab fuqarolar va haydovchilar bilan bevosita muloqot qilinib, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish, belgilangan tezlik me’yorlarini buzmaslik, piyodalar xavfsizligini ta’minlash hamda piyodalar o‘tish joylaridan to‘g‘ri foydalanish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

✅Tadbir davomida yo‘l harakati xavfsizligi, ayniqsa mahalla ichki ko‘chalarida haydovchi va piyodalarning o‘zaro hurmat va mas’uliyat bilan harakatlanishi muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5