Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati G. Xoliqulova tomonidan Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalarning 2-bandi ijrosi yuzasidan Lolazor mahallasida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi, xususan, QVP hamshiralari tomonidan bepul dori vositalarining tarqatilishi holati o‘rganildi.
O‘rganishda deputat mahallaning 1-ko‘chasi ko‘chaboshisi Farog‘at opa bilan uchrashib, aholiga bepul dori vositalarining yetkazib berilishi, fuqarolar bu boradagi fikr-mulohazalari, amaliyotda uchrayotgan masalalar yuzasidan suhbatlashdi.
Deputat tomonidan fuqarolar murojaat va takliflari tinglanib, birlamchi tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish yuzasidan deputatlik nazorati davom ettirilishi qayd etildi.