35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

#Deputat_mahallada

"Hudud taraqqiyoti — aholi muammolarini joyiga chiqib o‘rganish va ularga amaliy yechim topishdan boshlanadi."   

♻️Xalq deputatlari tuman Kengashining 21-okrugi deputati M.Qoraxo‘jayev tomonidan "Shodlik" mahallasida mahalla raisi U.Axmedov hamda profilaktika inspektori R.Mambetov ishtirokida hududdagi mavjud muammolar va infratuzilma holatini o‘rganish ishlari olib borildi.

♻️O‘rganish davomida mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining holati, ko‘chalarni tungi yoritish sifati, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar, yo‘l-transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan hududlarda YTHlar sonini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar hamda jamoat transporti xizmati sifati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

♻️Shuningdek, aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 3