O‘rganish davomida:
aholiga birlamchi va ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifati;
tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasi, dori-darmon ta’minoti hamda tibbiy xizmatlarni tashkil etish holati;
qonun talablarining amaliy ijrosi va fuqarolarga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
O‘rganish yakunida qonun ijrosini yanada samarali ta’minlash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.