Tuman FHDYO bo‘limida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
✨Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi kotibiyati mudiri G.Tursunova tomonidan tuman FHDYO bo‘limida aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
✨O‘rganish davomida fuqarolarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish sifati, murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayoni, xizmatlarning belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshirilishi hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
✨Shuningdek, aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan mas’ullarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, aholiga qulayliklar yaratish va qonunchilik talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
✨Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi tomonidan davlat organlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishga qaratilgan o‘rganishlar izchil davom ettirilmoqda.