35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

O‘rganish

Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

♻️Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N. Muxiddinovga biriktirilgan Zangiota tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

♻️O‘rganish davomida qonun talablarining amaliyotdagi ijrosi, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu boradagi hujjatlar va tashkiliy choralar ko‘zdan kechirildi.

♻️Shuningdek, qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4