35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi qarori qabul qilindi

🏛 Shovot tumanida infratuzilma va xavfsizlikni yaxshilashga 450,6 mln soʻm mablagʻ ajratildi
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi qaroriga muvofiq, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tumanda muhim loyihalarni amalga oshirish uchun 450,6 million soʻm ajratildi.
Ajratilgan mablagʻlar:
📹 297,6 mln soʻm — mahallalarda xavfsizlik infratuzilmasini rivojlantirish uchun:
videokuzatuv kameralarini oʻrnatish;
yuz va avtotransport raqamlarini taniydigan kameralar;
PTZ kameralar;
ko‘chalarni tungi yoritish;
domofon tizimlari;
“Namunaviy xavfsiz ko‘cha” va “Namunaviy xavfsiz uy” loyihalari.
🛣 153,0 mln soʻm — Yangi Oʻzbekiston mahallasidagi madaniyat uyi oldi hududini asfaltlashtirish va infratuzilmaviy muammoni bartaraf etish uchun.