35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi qarori qabul qilindi

2026-yil 11-sentabr kuni Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining VII-29-95-12-177-K/26-son qarori bilan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Saidov San’at Qutlimuratovichning jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha hisoboti ko‘rib chiqildi.
2026-yil yanvar–avgust oylaridagi asosiy natijalar:
📥 4 978 ta topshiriq edo.ijro.uz tizimi orqali kelib tushgan
✅ 4 882 tasi ijrosi ta’minlangan
⏳ 94 ta topshiriq ijro muddatida bajarilmoqda
📨 Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalaridan 370 ta murojaat kelib tushgan
✔️ 285 ta murojaat qanoatlantirilgan (81,9%)
👥 Jismoniy va yuridik shaxslardan jami 593 ta murojaat qabul qilinib, 486 tasi ijobiy hal etilgan (85,4%).
Qaror bilan belgilangan ustuvor vazifalar:
murojaatlarni qonunda belgilangan muddatlarda sifatli ko‘rib chiqish;
takroriy murojaatlarning sabablarini tahlil qilish va bartaraf etish;
sayyor qabullar samaradorligini oshirish;
Qangli, Do‘stlik, Oq oltin, Arbek va Uzunko‘l mahallalarida manzilli muloqotlarni kuchaytirish;
murojaatlar bo‘yicha qabul qilingan qarorlar ijrosini qat’iy nazorat qilish.