Oʻrganish davomida asosiy eʼtibor qonunning quyidagi moddalari ijrosiga qaratildi:
Qonunning 19–21-moddalari (Murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi va muddatlari): Boʻlimda fuqarolarning arizalari, taklif va shikoyatlari belgilangan 15 kunlik hamda qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan holatlarda 1 oylik muddatlarga rioya etilgan holda koʻrib chiqilayotgani tahlil qilindi.
Qonunning 23-moddasi (Murojaatni koʻrib chiqish natijalari va javob berish): Fuqarolarga berilayotgan javob xatlarining asoslantirilganligi, ularda qonunchilik normalariga aniq havolalar berilayotgani va muammolar real hal etilayotganligi koʻzdan kechirildi.
Qonunning 28-moddasi (Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish): Boʻlimda tashkil etilgan “Adliya kuni” hamda shaxsiy va sayyor qatnovlar jadvali, fuqarolarni qabul qilish xonasining qulayligi va jihozlanganlik darajasi oʻrganildi.
Natijalar va ish faoliyati tahlili
Oʻrganish jarayonida, barcha normativ-huquqiy hujjatlarga va ish yuritish standartlariga muvofiq, Olmaliq shahar Adliya boʻlimi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻyicha bosh maslahatchisi Dadaboyev Roʻzimurodning ish faoliyati harataraflama koʻrib chiqildi.
R. Dadaboyev tomonidan murojaatlar bilan ishlash tizimi toʻgʻri yoʻlga qoʻyilganligi, har bir murojaat eʼtiborsiz qolmay, xolis va atroflicha koʻrib chiqilayotgani hamda belgilangan muddatlar buzilishiga yoʻl qoʻyilmagani alohida taʼkidlandi.
Inson huquqlarini tiklash va fuqarolarga huquqiy yordam koʻrsatish borasida amalga oshirilgan ishlar nazoratdan oʻtkazildi.
Deputat Muhiddin Abdullayev: “Davlat organlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash sifatini oshirish — xalqimizning davlatga va qonun ustuvorligiga boʻlgan ishonchini mustahkamlaydi. Olmaliq shahar Adliya boʻlimida ushbu yoʻnalishda olib borilayotgan ishlar qonun talablariga mos ravishda tashkil etilgan.”
Oʻrganish yakunida masʼul xodimlarga murojaatlar bilan ishlash sifatini yanada oshirish, sansalorlikka yoʻl qoʻymaslik hamda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish boʻyicha amaliy tavsiyalar berildi.