O'rganish davomida quyidagi muhim masalalarga e'tibor qaratildi:
Yo'l bo'yidagi savdo nuqtalari: Deputat savdo qilayotgan tadbirkorlar bilan muloqot qilgan holda, sanitariya talablariga rioya etish, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va saqlash sharoitlariga e'tibor berish muhimligini ta'kidladi. Tozalik, atrofni saranjom-sarishta saqlash bo'yicha tushuntirish ishlarini olib borildi.
Chiqindixonalar holati: Mahalla raisi bilan birgalikda hududdagi chiqindixonalar, ularni o'z vaqtida olib chiqish holatlari ko'rib chiqildi. Chiqindilarni saralash, atrofga sochib ketmaslik kabi mavzularda targ'ibot ishlarini olib borish muhimligi qayd etildi.
Targ'ibot va tushuntirish ishlari: Deputat mahalla faollari va aholi bilan suhbatda atrof-muhitni asrash, tozalikni saqlash har bir fuqaroning burchi ekanligini, bu orqali sog'lom turmush tarzini shakllantirish mumkinligini tushuntirdi.
O'rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni deputatning ko'chama-ko'cha aylanish jurnaliga qayd qilinib, bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi va tegishli tashkilotlarga yuborildi.