#Haftalik_ish_reja_ijrosi
📌 AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-“Uch yog‘och-Qarabog‘” saylov okrugi deputati K. Xashimova hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan “Qarabog‘” mahallasida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholining bandligi, daromad manbalarini ko‘paytirish, ishsiz fuqarolarni mehnat faoliyatiga jalb etish hamda tadbirkorlik imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.
📍 Shuningdek, aholi bilan muloqot davomida ularning taklif va muammolari tinglanib, mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
🤝 Aholi farovonligini oshirish, bandlikni ta’minlash va oilalar daromadini ko‘paytirish — doimiy e’tibordagi ustuvor yo‘nalishlardan biridir.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube