Tumandagi “Dasturlar”ni ishga tushirish doirasida belgilangan vazifalarning amaliy bajarilishi Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi P. Rahmonov tomonidan o‘rganildi.
Jumladan, “Hazorasp COKS biznes” MCHJ binosiga tumandagi “SPACE-S” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan birinchi sanoat lifti o‘rnatilib, ishga tushirilgani ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida dasturning ijrosi va belgilangan vazifalarning amaliy natijasi tahlil qilindi.