Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Ochilova Nazakat Yo'ldoshovna tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga tuman elektr tarmoqlari tomonidan belgilangan tartibda javob taqdim etildi.

#Deputat_sorovi_javobi

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Ochilova Nazakat Yo'ldoshovna tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga tuman elektr tarmoqlari tomonidan belgilangan tartibda javob taqdim etildi.

78-ds-377-26-sonli deputatlik so‘rovi asosida Go‘zal mahallasidagi O.Qo‘vvatov va Payariq 50-yilligi ko‘chalari kesishmasida joylashgan F-Markaz TP-3783 transformator punktining elektr yuklamasi o‘rganildi. Transformatorning 400 kVA quvvat bilan yuqori yuklamada ishlayotgani sababli hududda elektr ta’minotini yanada yaxshilash uchun qo‘shimcha 1 dona transformator punkti o‘rnatish zarurligi aniqlandi.

Mazkur masala davlat dasturiga kiritilgan bo‘lib, qo‘shimcha transformatorni 2026-yil IV choragiga qadar bosqichma-bosqich o‘rnatish rejalashtirilgan. Hozirgi vaqtda hudud aholisi muntazam elektr energiyasi bilan ta’minlanayotgani ma’lum qilindi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1