35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
XALQARO LOGISTIKA MARKAZI QURILISHIGA TAMAL TOSHI QO‘YILDI
янв.21
FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XO‘JAOBOD TUMANI KENGASHI SESSIYASIDA MUHIM MASALA
янв.21
NAVBATDAN TASHQARI 20-SESSIYA
янв.21
Sessiya oldi o‘rganishlar: aholi manfaati – ustuvor vazifa
янв.21
Sessiya oldidan muammolar joyida o‘rganilmoqda!
янв.21
Targ‘ibot va nazorat tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Xo‘jaobod tumanidagi “Yuksalish” MFYda amalga oshirilgan bunyodkorlik va tashkiliy ishlar yakuni yuzasidan
янв.21
24-tavsiya amalda: Mahallada zamonaviy kutubxona tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mutaxassislari U. Rahmanov va S. Azimovalar o‘zlariga biriktirilgan deputatlar bilan birgalikda saylov okruglarida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
“OBODONLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA “IFTIXOR” MAHALLASIDAGI HOLAT O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️“OBODONLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA “IFTIXOR” MAHALLASIDAGI HOLAT O‘RGANILDI

🏛 O‘rganish davomida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi, senator Rustamxon Kalanov boshchiligida Yunusobod tumanidagi “Iftixor” mahallasi hududi ko‘zdan kechirilib, “Obodonlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi. Jarayonda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisining 2025-yil 29-apreldagi 18-14-0-F/25-son farmoyishiga asosan, kotibiyatdan biriktirilgan Toshkent shahar Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi Sarvar Irgashev, Yunusobod tumani Kengashi deputatlari, “mahalla yettiligi” a’zolari, mahalla raislari hamda nuroniylar ishtirok etdi.

📝 Hududning obodonlik va sanitariya holati, ichki ko‘chalar, ko‘p qavatli uylar atrofi, yashil maydonlar va jamoat joylari ko‘zdan kechirildi. Ayrim joylarda eski qurilish materiallari saqlanib qolayotgani aniqlanib, ularni olib chiqish, hududlarni tartibga keltirish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilandi.

🤝 Senator Rustamxon Kalanov “Iftixor” mahallasi yettiligi a’zolari bilan yuzma-yuz suhbatlashib, aholi murojaatlarini hal etish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash va qarzdorlikni qisqartirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash hamda mahalla infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi ishlar bilan tanishdi.

💡 “Mahalla yettiligi” faoliyati tahlil qilinib, aholi muammolarini xonadonbay o‘rganish, murojaatlarni tezkor va manzilli hal etish, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash, ehtiyojmand oilalar hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

🛡 Shuningdek, mahallada 2026-yil davomida qayd etilgan jinoyatchilik holatlari tahlil qilinib, huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash hamda profilaktika tadbirlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar ko‘rib chiqildi.

📋 Mahalladagi nuroniylardan muntazam xabar olish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini manzilli hal etish muhimligi ta’kidlandi.

🗣 Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish, ozodalik, jamoat tartibi hamda xavfsizlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📉 Yakunda “mahalla yettiligi” faoliyati samaradorligini oshirish, aholi murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik, aniqlangan muammolarni mas’ullar ishtirokida manzilli hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

📁 Senator Rustamxon Kalanov mahallalarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish hamda munosib shart-sharoitlarni kengaytirishga xizmat qilishi zarurligini ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10