Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Mahalla muammolari joyida o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Aralbaeva Inkar Karlibayevna Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda “Jayxun” MFY 15-Keramzit saylov okrugi hududida ko‘chaboshilar va fuqarolar bilan uchrashib, mavjud muammolarni o‘rganmoqda.

🏘 O‘rganish ishlari Namuna ko‘chasidan boshlandi.
🤝 Muloqot davomida fuqarolar tomonidan:
🔹 ko‘chalarni obodonlashtirish va hududni tartibga keltirish;
🔹 yangi ichimlik suvi quvurlarini tortish;
🔹 tomorqa yerlarini sug‘orish uchun suv yetkazib berish;
🔹 aholi uchun qulay shart-sharoitlarni yaxshilash kabi masalalar ko‘tarildi.

📋 Bildirilgan taklif va murojaatlar deputatning hududdagi muammolarni qayd etish daftariga kiritildi.

📌 Aniqlangan masalalarni atroflicha o‘rganish, ularning yechimi bo‘yicha tegishli choralarni belgilash hamda ijrosini nazoratga olish yuzasidan ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 2