35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
XALQARO LOGISTIKA MARKAZI QURILISHIGA TAMAL TOSHI QO‘YILDI
янв.21
FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XO‘JAOBOD TUMANI KENGASHI SESSIYASIDA MUHIM MASALA
янв.21
NAVBATDAN TASHQARI 20-SESSIYA
янв.21
Sessiya oldi o‘rganishlar: aholi manfaati – ustuvor vazifa
янв.21
Sessiya oldidan muammolar joyida o‘rganilmoqda!
янв.21
Targ‘ibot va nazorat tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Xo‘jaobod tumanidagi “Yuksalish” MFYda amalga oshirilgan bunyodkorlik va tashkiliy ishlar yakuni yuzasidan
янв.21
24-tavsiya amalda: Mahallada zamonaviy kutubxona tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mutaxassislari U. Rahmanov va S. Azimovalar o‘zlariga biriktirilgan deputatlar bilan birgalikda saylov okruglarida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
O‘RQ-363-SON “EKOLOGIK NAZORAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI

1. Ekologik holatni yaxshilash
Mahalla, korxona va tashkilotlarda ekologik targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
2. Asosiy ekologik muammo
Belgilanmagan joylarga noqonuniy chiqindi tashlash holatlari ko‘p uchramoqda.
3. Ekologik qonunchilik buzilishi
🔹 2025-yil — 183 ta holat, 417 mln 849 ming so‘m jarima;
🔹 17 ta holatda 21 mln 472 ming 820 so‘m tabiatga yetkazilgan zarar undirildi.
🔹 2026-yilning 7 oyi — 122 ta holat, 201 mln 880 ming so‘m jarima;
🔹 8 ta holatda 19 mln 542 ming 900 so‘m zarar undirildi.
4. Huquqbuzarliklarga qarshi choralar
Huquqbuzarlar qonunchilikda belgilangan tartibda jarimaga tortilib, tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
5. Noqonuniy chiqindilar nazorati
Mahallalarda, korxona va tashkilotlarda nazorat reydlari hamda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
6. Noqonuniy chiqindixonalar
Oqtepa va Qalajiqqal’a mahallalarida aniqlangan noqonuniy chiqindixonalar bartaraf etildi.
7–8. Daraxtlarni noqonuniy kesish
2026-yilda 10 ta holat aniqlanib:
103 mln so‘m jarima;
14 mln 626 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi va undirildi.
9–10. Korxonalar va atmosfera havosi 1- va 2-toifali korxonalarga atmosfera havosini muhofaza qilish maqsadida filtrlar o‘rnatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
11. Suv resurslarini muhofaza qilish
2026-yilda suv resurslarining ifloslanishi bo‘yicha 5 ta holat aniqlanib, fuqarolarga jami 6 mln 180 ming so‘m jarima qo‘llanildi.
12. Fuqarolar murojaatlari
2026-yilda ekologiyaga oid 8 ta murojaat kelib tushgan va ularning barchasi ijobiy hal etilgan.
13–14. Ekologik targ‘ibot va nazorat
Mahallalarda ekologik targ‘ibot ishlari olib borilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha berilgan ko‘rsatmalar ijrosi nazorat qilinmoqda.

15. Eng dolzarb muammo — noqonuniy chiqindilar
Belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash holatlarini kamaytirish uchun:
noqonuniy chiqindi tashlanadigan hududlarga kuzatuv kameralarini o‘rnatish;
nazorat reydlarini kuchaytirish;
aholi o‘rtasida ekologik targ‘ibot ishlarini yanada kengaytirish taklif etilmoqda.

Toza hudud — sog‘lom hayot!

Tabiatni asrash — barchamizning vazifamiz!