Tadbir davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bo‘lgan fuqarolar xonadonlarida yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, nazorat qilindi.
Shuningdek, hudud deputati tomonidan aholi o‘rtasida kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirishga oid qonunchilik hujjatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.