Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, senator U.Axunov Xo‘jaobod tumanidagi “Yuksalish” MFYda amalga oshirilgan bunyodkorlik va tashkiliy ishlar yakuni yuzasidan yig‘ilganlarga atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.
Kengash Raisi o‘z nutqida mamlakatimizda mahallabay ishlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish, aholining turmush darajasini yanada yaxshilash borasida olib borilayotgan islohotlarga to‘xtalib o‘tdi. Xususan, hududda deputat nazorati ostida bajarilgan ishlar, mahalliy Kengashlar faoliyati va “yettilik” tizimining samaradorligi yuqori baholandi.
“Mahallalarda yangi muhitni yaratish, har bir fuqaroning dardu tashvishidan xabardor bo‘lish va ularning muammolariga ijobiy yechim topish – barchamizning eng ustuvor vazifamizdir,” – deya ta’kidladi senator U.Axunov.