35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XO‘JAOBOD TUMANI KENGASHI SESSIYASIDA MUHIM MASALA
янв.21
NAVBATDAN TASHQARI 20-SESSIYA
янв.21
Sessiya oldi o‘rganishlar: aholi manfaati – ustuvor vazifa
янв.21
Sessiya oldidan muammolar joyida o‘rganilmoqda!
янв.21
Targ‘ibot va nazorat tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Xo‘jaobod tumanidagi “Yuksalish” MFYda amalga oshirilgan bunyodkorlik va tashkiliy ishlar yakuni yuzasidan
янв.21
24-tavsiya amalda: Mahallada zamonaviy kutubxona tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mutaxassislari U. Rahmanov va S. Azimovalar o‘zlariga biriktirilgan deputatlar bilan birgalikda saylov okruglarida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
янв.21
Xalq deputatlari kengashining Xo‘jaobod tumani deputatlari tomonidan tuman Davlat yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi faoliyati o‘rganildi
YUNUSOBOD OQTEPASI OCHIQ OSMON OSTIDAGI MUZEYI HOLATI O‘RGANILDI 👇👇👇

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Usmanov Nigmatulla Rixsiboyevich tomonidan Yunusobod Oqtepasi ochiq osmon ostidagi muzey hududining bugungi holati joyiga chiqib o‘rganildi.

🔎O‘rganish davomida muzey hududida obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash, yashil hududlarni tartibga keltirish hamda tarixiy-madaniy meros obyektini asrab-avaylash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qator masalalar mavjudligi aniqlandi.

🤝Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va tarixiy meros obyektini saqlash bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga tegishli taklif hamda tavsiyalar bildirildi. Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.

🔠Tarixiy va madaniy meros obyektlarini asrash, ularni kelajak avlodlarga munosib holatda yetkazish hamda aholi uchun qulay va ozoda muhit yaratish Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputatlarining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4