35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
XALQARO LOGISTIKA MARKAZI QURILISHIGA TAMAL TOSHI QO‘YILDI
янв.21
FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XO‘JAOBOD TUMANI KENGASHI SESSIYASIDA MUHIM MASALA
янв.21
NAVBATDAN TASHQARI 20-SESSIYA
янв.21
Sessiya oldi o‘rganishlar: aholi manfaati – ustuvor vazifa
янв.21
Sessiya oldidan muammolar joyida o‘rganilmoqda!
янв.21
Targ‘ibot va nazorat tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Xo‘jaobod tumanidagi “Yuksalish” MFYda amalga oshirilgan bunyodkorlik va tashkiliy ishlar yakuni yuzasidan
янв.21
24-tavsiya amalda: Mahallada zamonaviy kutubxona tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mutaxassislari U. Rahmanov va S. Azimovalar o‘zlariga biriktirilgan deputatlar bilan birgalikda saylov okruglarida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
MAHALLADAGI SOLIQ INSPEKTORI TOMONIDAN UNGA YUKLATILGAN MASALALARNI AMALGA OSHIRILISHI HOLATI BO‘YICHA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 21-“Nevich” saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna tomonidan o‘zi saylangan okrug hududidagi “Qizilsoy”, “Novdak”, “Nevich” va “Yangi
Sanganak” mahalla fuqarolar yig‘inlariga biriktirilgan soliq inspektori R.Qambarovga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi holati atroflicha o‘rganildi.Jumladan, hududda aholining soliq madaniyatini oshirish, fuqarolarga soliq qonunchiligidagi yangiliklarni yetkazish,tadbirkorlik faoliyatini boshlash va rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar yuzasidan olib borilayotgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari ko‘rib chiqildi.Shuningdek, 2026-yilning joriy davri mobaynida soliq inspektoriga biriktirilgan mahallalarda soliq tushumlari holati yuzasidan ma’lumotlar olindi. Soliq inspektori tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, shu vaqtga qadar yer solig‘i bo‘yicha 1 363 013,7 ming so‘m tushum amalga oshirilgan, qoldiq 1 593,9 ming so‘mni, mol-mulk solig‘i bo‘yicha esa 305 042,3 ming so‘m tushum amalga oshirilgan, qoldiq 421 796,4 ming so‘mni tashkil etishi ma’lum qilindi.Soliq inspektori tomonidan hudud aholisiga soliq islohotlarining mazmun-mohiyati, amaldagi imtiyozlar, shuningdek, soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishning ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berib borilayotgani ta’kidlandi.O‘rganish yakunida deputat tomonidan mahallalarda soliq intizomini mustahkamlash, soliq qarzdorligini kamaytirish,yashirin iqtisodiyot holatlarining oldini olish hamda aholining tadbirkorlik faolligini yanada oshirish borasidagi ishlarni tizimli ravishda davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 4