35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
XALQARO LOGISTIKA MARKAZI QURILISHIGA TAMAL TOSHI QO‘YILDI
янв.21
FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XO‘JAOBOD TUMANI KENGASHI SESSIYASIDA MUHIM MASALA
янв.21
NAVBATDAN TASHQARI 20-SESSIYA
янв.21
Sessiya oldi o‘rganishlar: aholi manfaati – ustuvor vazifa
янв.21
Sessiya oldidan muammolar joyida o‘rganilmoqda!
янв.21
Targ‘ibot va nazorat tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Xo‘jaobod tumanidagi “Yuksalish” MFYda amalga oshirilgan bunyodkorlik va tashkiliy ishlar yakuni yuzasidan
янв.21
24-tavsiya amalda: Mahallada zamonaviy kutubxona tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mutaxassislari U. Rahmanov va S. Azimovalar o‘zlariga biriktirilgan deputatlar bilan birgalikda saylov okruglarida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
DEPUTATLAR REKONSTRUKSIYA ISHLARINI O‘RGANDILAR

 DEPUTATLAR REKONSTRUKSIYA ISHLARINI O‘RGANDILAR 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengash kotibiyati mudiri R.Nodirov, tuman
Kengashi deputatlari M.Sayfidinov, Y.Axadaliyev hamda Kengash huzuridagi
yoshlar Maslaxat guruhi a’zolari I.Xomidov, J.Abdurashidovlar tarkibida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi
“2026–2028-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish
infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–393-son
qarori ijrosini taʼminlash doirasida Yangichek mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan
52-son maktabgacha taʼlim tashkilotida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari
oʻrganildi.
 

Mazkur obyekt “EFFEKT ELEGANT” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan boʻlib,
yangi bino 260 oʻringa moʻljallangan. Loyiha qiymati 4 milliard 485 million 411
ming soʻmni tashkil etadi.
 

Oʻrganish jarayonida deputatlar tomonidan qurilish-montaj ishlarining
sifati, foydalanilayotgan qurilish materiallarining standartlarga mosligi,
belgilangan muddatlarga rioya etilishi, loyiha hujjatlariga toʻliq amal qilinishi
hamda obyektda mehnat xavfsizligi va texnika xavfsizligi qoidalariga qatʼiy
rioya etilishiga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, qurilish ishlarining
borishi, ishchi kuchi taʼminoti va texnik vositalardan samarali foydalanish
holati ham joyida koʻzdan kechirildi.
 

Oʻrganish yakunida pudratchi tashkilot vakillariga qurilish ishlarini
jadallashtirish, sifat koʻrsatkichlarini yanada oshirish, mavjud kamchiliklarni
oʻz vaqtida bartaraf etish hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga
topshirish yuzasidan tavsiya va koʻrsatmalar berildi. Aniqlangan kamchiliklar
“Deputatning ko‘cha aylanish daftariga qayd etildi, bartaraf etilishi nazoratga
olindi.
  

Slide 1 of 9