35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Sessiya oldi o‘rganishlar: aholi manfaati – ustuvor vazifa
янв.21
Sessiya oldidan muammolar joyida o‘rganilmoqda!
янв.21
Targ‘ibot va nazorat tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Xo‘jaobod tumanidagi “Yuksalish” MFYda amalga oshirilgan bunyodkorlik va tashkiliy ishlar yakuni yuzasidan
янв.21
24-tavsiya amalda: Mahallada zamonaviy kutubxona tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mutaxassislari U. Rahmanov va S. Azimovalar o‘zlariga biriktirilgan deputatlar bilan birgalikda saylov okruglarida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
янв.21
Xalq deputatlari kengashining Xo‘jaobod tumani deputatlari tomonidan tuman Davlat yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xo'jaobod tumanida "Mahallalarda obodlik va mehr-sahovat oyligi" doirasida keng ko'lamdagi obodonlashtirish ishlari boshlandi.
янв.21
Xo‘jaobod tumanida elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash va tizimni modernizatsiya qilish ishlari nazoratga olindi.
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi doirasidagi bunyodkorlik ishlari nazorat qilindi
Jinoyatchilikka qarshi kurash va profilaktika nazoratda: "Turon" mahallasida O‘RQ-371-sonli Qonun ijrosi o‘rganildi!

alq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normuradova o‘z okrugiga qarashli “Turon” mahallasida bo‘ldi.

💬Mazkur jarayon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan dolzarb masala — shaharda jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasining samaradorligi yuzasidan tayyorlanayotgan materiallarni joyida tahlil qilish maqsadida tashkil etildi.

Tashrif davomida deputat mahallaga biriktirilgan profilaktika inspektori bilan uchrashib, bugungi kunda hudud xavfsizligi borasida amalga oshirilayotgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Suhbat va o‘rganish davomida mahalladagi kriminogen vaziyat va xavfsizlik choralari O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ–371-sonli Qonuni talablari doirasida tahlil qilindi. Xususan, quyidagi eng muhim yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi:
Manzilli va individual profilaktika: Mahallada jinoyat sodir etishga moyilligi bo‘lgan, muqaddam sudlangan, huquqbuzarlik sodir etib profilaktik nazoratga olingan shaxslar hamda "og‘ir" toifadagi yoshlar bilan olib borilayotgan individual "xonadonbay" tushuntirish va profilaktika ishlari;
Oilaviy munosabatlarni sog‘lomlashtirish: Ajrim yoqasiga kelib qolgan notinch va muammoli xonadonlar bilan ishlash, oilaviy nizolarni barvaqt bartaraf etish hamda tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish borasidagi choralar;
"Mahalla yettiligi" bilan hamkorlik: Profilaktika inspektorining mahalla raisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisi bilan birgalikda jinoyatchilikni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish borasida yo‘lga qo‘ygan hamkorlik tizimi tahlil qilindi.
"Huquqbuzarliklarni profilaktika qilish — jazo muqarrarligini ta'minlashdan ham ko'ra, xato qilishning oldini olish va inson taqdirini asrab qolish demakdir. Profilaktika inspektori mahallaning har bir burchagini, har bir muammoli xonadon dardu tashvishini aniq bilishi lozim. 'Turon' mahallasida kriminogen vaziyat barqarorligini saqlash, profilaktika tizimini raqamlashtirish (kuzatuv kameralarini ko'paytirish) kabi masalalar navbatdagi sessiyamizda qat'iy tahlil qilinadi," — deya ta'kidladi Kengash raisi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan yutuq va mavjud muammolar umumlashtirilib, "Turon" mahallasida xavfsiz muhitni ta’minlash borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan xulosalar tayyorlandi va shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritilishi belgilab olindi.