Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN ICHKI YO‘L SHAG‘ALLASHTIRILDI.
янв.21
Ko'rik tanlov ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA BIR QATOR MASALALAR MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
PREZIDENT FARMONI DOIRASIDA NAZORAT-TAHLIL ISHLARI O‘TKAZILDI.
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA BIR QATOR MUHIM MASALALAR KO‘RILDI.
янв.21
NURONIYLARGA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
Vobkentda "Ko'lxatib g'isht" korxonasi kuniga 10 ming dona g‘isht ishlab chiqarmoqda.
янв.21
O‘zbekistonning ekologik tashabbuslari Birlashgan Millatlar Tashkiloti e’tirofida
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIGʻILISHIDA SOHAGA OID USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI.
янв.21
Халк депутатлари Вобкент туман Кенгашидаги O‘zLiDeP депутатлик гурухининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tuman Kengashi deputati Muattar Mirzajonova Boyovut tumani "U.Yusupov" mahallasida istiqomat qiluvchi D.Mamatqulova xonadonida bo‘ldi.

Dilorom opa Mamatqulova — buvilarimizdan meros bo‘lib qolgan kurok ko‘rpacha tikish san’atini nafaqat asrab qolayotgan, balki uni zamonaviy dizayn va uslublar bilan uyg‘unlashtirib, yosh avlodga o‘rgatayotgan haqiqiy ustoz-amaliyotchidir.

Ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan Mamatqulova hozirda bir nechta shogirdlarga hunar o‘rgatib, mahalliy ayollar bandligini ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Bu kabi tashabbuslar — mahallada ijtimoiy faollikni oshirish, milliy hunarmandchilik an’analarini asrash va yangi avlodga yetkazishda muhim o‘rin tutadi.

Deputat Muattar Mirzajonova ushbu tashabbusni yuqori baholadi, hunar egasiga minnatdorchilik bildirib, shogirdlarga kerakli ko‘mak va tavsiyalar berilishini ta’kidladi.

An’anaviy qadriyatlar va zamonaviy yondashuv uyg‘unligi — Boyovut ayollarining kuch-g‘ayrati va fidoyiligining yorqin namunasidir.

Slide 1 of 4